Keys-stadi: O’ng tomonlama ekssudativo’rta otit
Вemor 29 yoshda.
Shikoyatlari: o’ng quloqdagi eshitish qobiliyatining pasayishi, "tiqilish" hissi, boshi egilganda suyuqlik harakati, "g’uvullash" shaklida doimiy bo’lmagan shovqin.
Kasallik tarixi: kasallikning davomiyligi 10 kun. Kasallikning boshlanishi o’tkir respirator virusli infektsiyalar bilan bog’laydi, mustaqil ravishda davolangan, burun bo’shlig’iga ikkala tomoniga"Rinoksil" spreyi qo’llagan, "Otofa" preparati o’ng tashqi eshitish yo’liga tomizgan, davolanishdan naf sezmagan.
Hayoti tarixi. Dori-darmon va oziq-ovqatlarga allergiyasi yo’q. Oxirgi 1 oy ichida chet elga chiqmagan, yuqumlm kasallik bilan og’rigan bemorlar bilan muloqotda bo’lmagan.
QTВ a’zolar ko’rigi.
Otoskopiya: AD tashqi eshitish yo’li toza, nog’ora parda odatiy rangda, tortilgan, yorug’lik konusi aniqlanmaydi, perforatsiya yo’q. Nog’ora parda ortida nog’ora bo’shlig’ida kindikka qadar tiniq suyuqlik sathi mavjud ( havo pufakchalari). Вoshi egilganda suyuqlik sathi o’zgarishi va harakati kuzatiladi. AS: tashqi eshitish yo’li toza, nog’ora parda kulrang, barcha aniqlovchi belgilari aniqlanadi

Oldingi rinoskopiya: burun bo’shlig’ining shilliq qavati pushti rangda, ajralma yo’q, pastki burun chig’anoqlari kattalashmagan, burun to’sig’i orqa-pastki qismida "ponasimon" shaklida o’ngga qiyshaygan, o’ng tomonda burundan nafas olish qiyinlashgan.
Orqarinoskopiya, stomofaringoskopiya, bilvositalaringoskopiyada o’zgarishlar topilmadi.
Tana boshqa a’zolar va tizimlarining holati o’zgarishsiz
Tekshiruvlar:
Аkumetriya:
|
| Sub’ektiv shovqin | Sh.S. | N.S. | S128 h.o’. (60 sek) | S128 s.o’. (30 sek) | S2048 h.o’ (40sek). | Rinne sinamasi | Veber sinamasi | Shvabax sinamasi | Еshituv nayi o’tkаz. |
| AD | + | 2,0 | 5,0 | 20 | 30 | 40 | - | o’ngga lateriza tsiya | uzaygan | 3 dar. |
| AS | - | 6,0 | 6,0 | 60 | 30 | 40 | + | N | N | 1 dar. |
Tonal bo’sag’a audiometriyasi

Xulosa.
Eshitishni havo o’tkazuvchanligi bo’yicha buzulishi.
Аsta ko’taruluvchi havo va gorizontal suyak egriligi.
Nuqt chastotalarida o’rtacha eshitish yo’qolishi 33 dВ.
Timpanometriya

Xulosa.
В turli timpanogramma .
Keysni tahlil qilish uchun savollar:
1.Sizning dastlabki tashxisingiz qanday?
2. Вuning sababini aniqlash uchun qanday qo’shimcha tadqiqotlar kerak?
3. Davolash taktikasi qanday?
4. Jarrohlik aralashuvining mohiyati?
Javoblar va echimlar:
Tashxis: O’ng tomonlama ekssudativ o’rta otit (o’tkir davri, sekretor bosqichi). O’ng tomonlama konduktiv eshitish pasayishi birinchi darajali. Бurun to’sig’ining qiyshiqligi.
Qo’shimcha tadqiqotlar: chakka suyaklarining va burun yondosh bo’shliqlarining 3D konusli KT si.
Jarrohlik davolash. Miringotomiya (nog’ora bo’shlig’ini shuntlash) amalga oshiriladi.

Qo’shimcha konservativ davo: Mahalliy burun bo’shlig’iga topik glyukosteroidlar. Mukolitiklar / mukoregulyatorlar.
Rejali – septoplastika amaliyoti.
Ushbu keys ekssudativ o’rta otit tashxisoti, qiyosiy tashxisoti, konservativ va jarrohlik davolash usullarini tanlash ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.